Abstract
«O‘quv lug‘atchiligi» tarmog‘i jahonning ilg‘or davlatlarida o‘rta asrlardayoq paydo bo‘lib, turli yoshdagi ta’lim oluvchilarga mo‘ljallangan sanoqsiz lug‘atlar yaratilganligiga qaramay, O‘zbekistonda bu masala hozirga qadar tilshunoslikda ham, ta’limda ham kun tartibiga qo‘yilmagan. Globallashuv davrida yosh avlodni ma’naviy barkamol, umummilliy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash talabi o‘quv lug‘atlarga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda.Yalpi axborotlashuv, texnika asrida bolalarni kitobga jalb qilish oson kechmaydi. O‘quvchi kerakli ma’lumotni tez va qulay topish yo‘llarini izlaydi, o‘quv lug‘atlari uning yoshi, qiziqishlari, dunyoqarashiga mos tuzilib, e’tiborini torta oladi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.