AVLONIYNING AXLOQ HAQIDAGI QARASHLARI

Authors

  • Saidaxmedova Madinabonu Saidazimovna Turkiston milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining yetuk namoyondalaridan biri

Abstract

marifatparvarlik g‘oyalari targ‘ibotchisi, dramaturg, jurnalist va shu bilan birgalikda 100 dan ortiq she’rlar muallifidir. Shoir sifatida u o‘nlab, yuzlab she’rlar bitgan. Ular xoh eski urf-odatlar haqida bo‘lsin, xoh vatan yoki maktab-maorif masalasiga bag‘ishlangan bo‘lsin, u qalamga olgan she’r bor-ki inson va uning axloqiy kamoloti, yuksak ma’naviyati, bir so‘z bilan aytganda chin insoniy fazilatlar tasvirlanadi, ma’riyfiy mazmun yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalq didaktikasi bilan birgalikda yangi zamon pedagogikasi uyg‘unlashib ketadi. Avloniy yoshligidan ilmga chanqoq, tirishqoqligi tufayli ilm olishni kanda qilmaydi. Dastlabki ilmni O‘qchidagi eski maktabda Akramxon domlada savod chiqaradi. So‘ng Shayxontoxurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla Umar Oxundda tahsil ko‘radi. Keyinchalik oilaviy sharoitning og‘irlashuvi tirikchilik dardi yosh shoirning ilm olishiga bir muncha qiyinchiliklar tug‘dira boshlaydi. Ammo shunda ham “1891 yildan boshlab, faqat qish kunlarida o‘qub, boshqa fasllarda mardikor ishladim”1 - deb yozadi Avloniy. U yoshligidan mustaqil mutoala bilan shug‘ullanib, o‘z bilimini oshirib boradi.

Downloads

Published

2023-03-29

Issue

Section

Articles