PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA FIZIKA O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Authors

  • Xoliqov Kamoliddin Abduganiyevich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU

Abstract

Fizika fanini oʻqitishda oʻquvchilar ongida nazariy modelning tasavvurlarini shakllantirish, hodisalar va jarayonlar bilan tanishtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish muhimdir. Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun informatsion texnologiyada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Taʼlim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun maxsus dasturiy taʼminotlar boʻlishi kerak [1,2]. Taʼlim tizimida multimediyali elektron oʻquv adabiyotlar, maʼruzalar, virtual labaratoriya ishlari, har xil animatsion dasturlar va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak boʻladigan maxsus dasturlar mavjud. Fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlarga: Origin, MathCad, MatLab, Maple, Crocodile Physics, Electronics, Interactive Physics, Workbench va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin. Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun informatsion texnologiyada fizik bilimlardan keng foydalaniladi [3-5].

Downloads

Published

2023-06-16

Issue

Section

Articles

How to Cite

PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA FIZIKA O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH. (2023). Conferencea , 81-83. https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/2640