Abstract
Pedagogik ta’lim bugungi kunda mahoratli, bilimli va tasavvuri keng pedagoglarni talab qilmoqda. Hozirgi maktab ta`limida o‘qituvchining vazifasi nafaqat bilimlarni yetkazish, balki bilim va faoliyat usullarini o‘zlashtirish jarayonini boshqarishdir. O‘quvchining vazifasi sifatida bilimlarni o‘rganish, tushunish va amaliyotda qo‘llagan holda hayot bilan bog‘lash kabilarni belgilash mumkin. Ana shularni inobatga olib, pedagoglar har bir darsni hayotning bir parchasidek tashkillashtirishi kerak bo‘lmoqda. Ya’ni har bir o‘quvchi jamiyatning bo‘lagi, uni kelajakda mustaqil fikrlaydigan, muayyan kasb egasi bo‘lib yetishishi kerak. Shularni oldindan ko‘ra bilgan holda darslarning metodikasi kuchaytirish talab etiladi. Ilg‘or ta`lim texnologiyalari o‘quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan1ligi yuqoridagilarga asos bo‘ladi. Bu borada Sh. Mirziyoyevning nutqi haqiqiy vaziyatga berilgan to‘g‘ri baho edi. Shu paytgacha foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari faqat nazariy bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalarni mantiqiy fikrlashga, amaliyotga, hayotga o‘rgatmayapti2. Aynan o‘quvchilarda o‘qib tushunish va faollik, fikr yurita olib, uni bayon eta olishlari uchun yangi ta’lim texnologiyalari ishlab chiqish lozim. Shuni hisobga olgan holda quyidagi metodlarni taqdim etamiz.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.