Abstract
Bitiruv loyihasi ishida sog'lom turmush tarzi masalalari, uning sog'lom avlodni tarbiyalashdagi o'rni tahlil qilinadi va ushbu kontseptsiya bilan bog'liq bir nechta ta'riflar berilgan. Ushbu tushunchalar sog'lom turmush tarzi va unga kiritilgan tushunchalar haqida ma'lumot berish orqali tahlil qilinadi. Sog'lom turmush tarzi va salomatlik tushunchalari o'rtasidagi bog'liqlik ko'rib chiqiladi. Sog'lom turmush tarzining O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog'liq jihatlari ijtimoiy-falsafiy tahlil qilindi va tegishli fikrlar ilgari surildi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Nizomiga muvofiq salomatlik-jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir. Sog’lom kishigina o’zining asosiy vazifasi-mehnat qilish qobiliyati bilan shug’ullana oladi, oilasini boqadi, jamiyat va davlatga foyda keltiradi. Bas shunday ekan, salomatlik har bir kishi uchun nemat, baxt saodat, maehnat unumdorligini, mamlakat iqtisodiy qudratini va xalq farovonligini oshirishning zaruriy shartidir. Sanalogiya-salomatlik haqidagi ta’limot bo’lib, jamiyat salomatligini, sog’liqni saqlash vazifalarini va ularni amalga oshirish yo’llarini o’rgatadi. Axoli salomatligiga tasir etuvchi yoki xavf tug’diruvchi omillar xilma xilligi, shu bilan birga bir vaqtning o’zida tasir ko’rsatishi bilan belgilanadi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.