Abstract
Bugungi kunda yoshlarni ma’naviy-axloqiy hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur va temuriylar davri mutafakkirlarining shoh asarlari, pandnomalari, axloqiy ta’limotlarining o‘rni beqiyosdir. Ushbu maqolada ana o‘sha Temuriylar davri mutafakkirlarining yoshlarni o‘z vataniga muhabbat, sadoqat, vatan himoyasida jonkuyarlik ruhida, qolaversa yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalashda qo‘shgan hissalari haqida fikr yuritiladi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.