KATTA YOSHDAGI BOLALARDA NOREVMATIK MIOKARDITNING EKG DAGI ASOSIY SIMPTOMLARI.

Authors

  • Kodirova Marxabo Miyassarovna Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi assistenti Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand, O‘ZBEKISTON

Keywords:

EKG, bolalar, respirator

Abstract

Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar klinik markazining kardio-revmatologiya bo‘limida so‘nggi 2018- 2019 yillar davomida NM bilan kasallangan 50 ta erta yoshdagi bemor bolalarda klinik va elektrokardiografik tahlillarni o‘rgandik.Tekshiruv natijalari: shuni ko‘rsatdiki norevmatik miokardit bilan kasallangan 86% erta yoshdagi bolalar anamnezidan o‘tkir respirator infeksiya bilan zararlangan. Norevmatik miokarditning klinik simptomlardan umumiy xolsizlik 88%, ko‘p terlash 86%, yo‘tal 50%, labburun atrofi kukarishi 58%, teri oq marmar tusda 76% tashkil etdi. Yurak tonlarining bo‘g‘iqligi barcha bemorlarda kuzatildi. «ot dupuri» ritmi 32% tashkil etdi. Taxikardiya 80%, 14% aritmiya, ekstrasistoliya 14%, bradikardiya 4% tashkil etdi. EKG o‘zgarishlaridan: Ritm buzilishiga ko‘ra, sinusli taxikardiya 88%, 12% sinusli aritmiya, ekstrasistoliya 14%, sinusli bradikardiya 6% tashkil etdi. Yurak o‘ng qorincha gipertrofiyasi 24% tashkil etdi. Yurak chap qorinchasining gipertrofiyasini 46%ni tashkil etishi kuzatildi. Kardiomegaliya esa 20% aniqlandi. Tekshirishlar natijasiga ko‘ra kardial belgilardan sinusli taxikardiya 88%, I-ton yurak chukkisida susayishi 72% bolalarda kuzatildi. Shu belgilar O.A.Mutaf’yan va Yu.M.Belozerov ma’lumotlarida taxikardiya 65% va 62,5% uchragan. Aksincha bradikardiya, aritmiya va ekstrasistoliya kabi simptomlar tekshirishlarimizda YU.M.Belozerov (2014), O.A.Mutaf’yan (2016) ma’lumotlarida 2 baravar kam uchragan

Downloads

Published

2022-05-26

Issue

Section

Articles

How to Cite

KATTA YOSHDAGI BOLALARDA NOREVMATIK MIOKARDITNING EKG DAGI ASOSIY SIMPTOMLARI. (2022). Conferencea , 155-158. https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/453