Abstract
Vodorodni energiya tashuvchisi sifatida ishlatish uglevodorod yoqilg'isini iste'mol qilishni sezilarli darajada kamaytiradi va shahar atmosferasini inson salomatligi uchun zararli bo'lgan avtomobil va teplovozlarning chiqindi qismlari bilan ifloslanishining ekologik muammosini hal qilishda sezilarli darajada ortiradi. 2009 yilda yer atmosferasiga karbonat angidrid chiqindilarining taxminan 25 foizi transportning har xil turlari natijasida ishlab chiqarilgan. IEA ma'lumotlariga ko'ra, 2050 yilga kelib, bu raqam ikki baravar ko'payadi va rivojlanayotgan mamlakatlarda shaxsiy avtomobillar soni ko'paygani sayin o'sishda davom etadi. Karbonat angidriddan tashqari atmosferaga azot oksidi chiqaradi va bu kabi zaharli gazlar astma, bo’g’ma kabi og’ir oqibatli kasalliklarga sababchi bo’layapti. Bu kabi global muammolarni yechishda dunyo energetika sanoatida uglevodorod yoqilg'isidan voz kechish yoki uni o’rnini bosuvchi alternativ yoqilg’I toppish kabi yechimi mushkul bo’lgan masala turibdi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.