TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Authors

  • Xaitova S. G. Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
  • Sayfullayeva G. I. Navoiy davlat pedagogika institute dotsenti

Abstract

Bugungi kundagi taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar talabalarni mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual taʼlim traektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. Oliy taʼlim muassasalarida bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich oʼtish rejalashtirilgan. Bugungi kunda oliy taʼlim tizimida mustaqil taʼlim soatlari ulushini kamligi, talabalarda mustaqil taʼlim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllanmaganligi, oʼquv jarayonidatalabalarda tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish zamon talabiga mos kelmasligi asosiy muammolar qatoriga kiradi. Shunday ekan, oliy taʼlim tizimida mustaqil taʼlim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil taʼlim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish, oʼquv jarayonida kompetentsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʼquv jarayonini amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga yoʼnaltirish, bu borada oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv uslubiy materiallarni keng joriy etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.

Downloads

Published

2023-04-30

Issue

Section

Articles

How to Cite

TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. (2023). Conferencea , 248-255. https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/2438