O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA QO’SHILISHI NIMANI ANGLATADI

Authors

  • Fayzulloyev Shohijaxon Jobirovich Toshkent davlat yuridik universiteti o’qituvchisi

Abstract

O'zbekistonning JSTga qo’shilishi bugungi kunda O'zbekiston uchun juda muhim va dolzarb mavzudir. Hozirgi kunda tashqi savdo O'zbekiston iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki bugungi kunda hukumatning asosiy vazifalaridan biri bu tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va ulardan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va aholining turmush darajasini oshirish maqsadida samarali foydalanish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu maqolada JSTga kirish qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi ko'rib chiqiladi, hamda ushbu masala bo'yicha ijobiy va salbiy fikrlar tahlil etiladi.
1948 yilda BMT XST Nizomini (Xalqaro Savdo Tashkiloti) qabul qildi, unda mehnat shartnomalari, monopoliyaga qarshi qoidalar va ichki bozorlarni himoya qilish choralari nazarda tutilgan edi. Biroq, AQSh Kongressi tomonidan AQSh banklari va korporatsiyalari uchun investitsiyaviy himoya yo'qligi sababli Xalqaro savdo tashkiloti rad etildi hamda o’sha yilning o’zida 1948 yilda yana bir tashkilot tuzilib GATT shartnomasi (Tariflar va savdo bo'yicha Bosh kelishuv, GATT) qabul qilindi.

Downloads

Published

2023-08-23

How to Cite

O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA QO’SHILISHI NIMANI ANGLATADI. (2023). Conferencea , 48-52. https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/2794