IXTIROLARNI PATENT HAMKORLIK SHARTNOMASI (PСT) ASOSIDA XALQARO RO‘YXATDAN O‘TKAZISH MASALALARI VA AMALIYOTI

Authors

  • Boboto‘xtayev Sohib Abdusalim o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti, intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi mutaxassisligi magistranti.

Keywords:

ixtiro, xalqaro talabnoma, patent talabnomasi, patent vakili

Abstract

Mazkur maqolada intellektual mulk obyektlaridan biri bo‘lgan ixtirolarni Patent hamkorlik shartnomasidan foydalangan holda xalqaro miqyosda ko‘plab davlatlar hududida bir vaqtning o‘zida, yagona xalqaro talabnoma topshirish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, bosqichlari, masalalari va amaliyoti o‘rganilgan. XIX-asrning ikkinchi yarmi va XX-asrning boshlarida intellektual mulk obyektlari xususan ixtirolarni yaratish va ularni milliy va xorijiy davlatlarda tijoratlashtirish, foyda olish jarayoni rivojlandi. Natijada ularni milliy va xalqaro doirada ro‘yxatdan o‘tkazishga kata ehtiyoj to‘g‘ildi. Ixtirolarni xalqaro tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishda patent egalari tomonidan har bir mamlakatga alohida talabnoma topshirib, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish protsessual jihatdan qiyinlashdi. Bu esa, o‘z navbatida mazkur sohaga oid normativ va xalqaro huquqiy hujjatlarni qabul qilishni taqozo etmoqda. Mazkur xalqaro hujjat va tizimar ixtirolarni yagona ariza orqali xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola, o‘qituvchilar, talabalar, magistrantlar hamda intellektual mulk huquqiga qiziquvchi barcha mustaqil izlanuvchilarga tavsiya etiladi.

Downloads

Published

2022-05-18

Issue

Section

Articles

How to Cite

IXTIROLARNI PATENT HAMKORLIK SHARTNOMASI (PСT) ASOSIDA XALQARO RO‘YXATDAN O‘TKAZISH MASALALARI VA AMALIYOTI. (2022). Conferencea , 211-217. https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/358