Abstract
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyati asosiy iqtisodiy resurslardan biri hisoblanib, insoniy resurslarning tarkibiy qismini tashkil qiladi va kichik biznes, xususiy tadbirkorlik tuzilmalari yirik ishlab chiqarishga harakatchanlik baxsh etadi.
Mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YaIM)da kichik biznes ulushini koʼpaytirish bilan bogʼliq maqsadga oʼzaro bir-birini toʼldiradigan ikki yoʼl bilan erishish mumkin. Bular: tashkil etilayotgan kichik korxonalar sonini keskin koʼpaytirish va ishlab turgan korxonalar faoliyati samaradorligini sezilarli oshirishdan iborat. Mustaqillik yillarining ilk kunlaridan boshlab, mamlakatimizda kichik biznes sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Bu borada bir qator qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa sohani rivojlantirishga oid bir qator meʼyoriy–huquqiy hujjatlar qabul qilinib, tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʼrsatib kelmoqda.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.