Abstract
Yangi davrda R. Dekart (1596-1650) ongni tafakkur bilan tenglashtirib, uni umumiyroq tusdagi «ruhiyat» tushunchasidan ajratdi va ongni mustaqil, erkin fikrlovchi substantsiya deb hisoblab, yonma-yon joylashgan boshqa – ko‘lamli, fikrlamaydigan, moddiy substantsiyaga qarshi qo‘ydi. Dualizm deb nomlangan mazkur falsafiy yondashuv keyinchalik ongning tabiatini tushunishga nisbatan ikki qarama-qarshi yondashuv yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Shulardan biri ruhiyni jismoniyga (Gobs); maʼnaviyni – moddiyga bog‘lash bilan tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv subʼektiv (Berkli, Yum, Fixte, Max va boshqalar) va obʼektiv (Platon, Foma Аkvinskiy, Gegel) idealizm bilan bog‘liq bo‘lib, moddiy va jismoniy narsalar va hodisalarni ikkilamchi, ideal, maʼnaviy, ruhiy narsalar va hodisalar mahsuli deb tushunishi bilan ajralib turadi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.