Abstract
Ko‘zi ojizlar uchun maxsus umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinfi uchun ona tili, matematika, tashqi olam bilan tanishtirish, tabiatshunoslik dasturlari umumta’lim maktablar DTS, dasturlariga muvofiq. Ta’limning maxsus shakllari va vositalarini qo‘llashni ko‘zda tutadiki, ular ko‘ruv idrokini korreksiyalash va rivojlantirish, tasavvurlarini aniqlashtirish, ko‘rgazmali obrazli tasavvumi takomillashtirish, o‘z-o‘zini nazorat va harakatlarni boshqarish usul va uslublarini shakllantirishga qaratilgan Ona tili dasturida tayyorlov bosqichida o‘quvchilar sensor tajribani boyitish asosida tasavvurlarini shakllantirish, so‘z va predmetning muayyan obrazi o‘rtasida muvofiqlikni aniqlash, qo‘lni yozuvga tayyorlash jarayoni boshlanadi. Matematika kursida tayyorlov bosqichi predmetlar shakli, kattaligi, miqdori, makondagi holati haqida tasavvurlami aniqlash, sanoq materiali, kitobdagi illustratsiyalar bilan o‘qituvchi yo‘riqnomasi asosida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlardan boshlanadi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.