SOVUTISH TIZIMINING ISHINI PORSHEBLI KOMPRESSORNING EKSPLUATATSIYA SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TADQIQOTI
Abstract
Kompressor uskunalarining mavjud sovutish tizimi ularning ishlashining о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir qator muhim kamchiliklarga ega. Bu, birinchi navbatda, havoning changlanishining kuchayishi, toza suv manbalarining yо‘qligi, magistral quvurlarning uzunlashuvi. Bularning barchasi birgalikda kompressorni sovutish tizimlarining ishlashiga alohida talablar qо‘yadi. Shu bilan birgalikda, sovutish uchun ishlatiladigan suvning tarkibida kо‘p miqdorda tuz va turli xil aralashmalar mavjud. Kо‘p hollarda suvning umumiy qattiqligi 20 °J mg-ekv/l gacha yetadi, bu turg‘un kompressor uskunalari, havo quvurlari va gaz quvurlarini loyihalash va havfsiz ishlatish qoidalarida ruxsat etilganidan deyarli 3 baravar yuqori kо‘rsatkichdir. Sovituvchi suvning qattiqlashuvi kompressorning havo sovitgichlarining issiqlik almashinuvi yuzalarida qurum hosil bо‘lishiga olib keladi. Xususan, havo harorati taxminan 150 °C bо‘lganida, detonatsiya portlashlarga sabab bо‘lgan havo kommunikatsiyalarida kuyik-moy (nagar) qatlamlarini о‘z-о‘zidan yonishi sodir bо‘lishi mumkin. Shu bilan birga, konchilik korxonalarida kompressor uskunalarining ekspluatatsiyasini tahlili shuni kо‘rsatadiki, kompressorning ikkinchi bosqichidan keyin siqilgan havo harorati 150-160 °C ga, yozgi mavsumda esa 170 °C gacha va undan yuqori bо‘ladi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.