2 SINF O’QUVCHILARIDA MUSIQA CHOLG’ULAR MAVZUSINI O’TILISH O’RNI
pdf

How to Cite

Shavkatova Muxlisa. (2024). 2 SINF O’QUVCHILARIDA MUSIQA CHOLG’ULAR MAVZUSINI O’TILISH O’RNI. Conferencea, 1–20. Retrieved from https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/3274

Abstract

Yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarga jahon andozalari darajasida ta’lim-tarbiya berish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy texnologiyalarni chuqur egallashiga ko’mak berish hamda iml-fan sohasidagi izlanishlarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratiladi. 1997-yilda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan, professional tayyorgarlikka ega, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik jamiyat qurish yo’lidagi murakkab va keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir yangi avlod kadrlarini tayyorlashga qaratildi. Bu borada ta’lim va tarbiya sohasida uzviylikni ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ilgari surildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2008-yil 7 yanvardagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo’yicha 2009-2014 yillarga mo’ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni hamda ushbu yo’nalishga tegishli bo’lgan 2016-2020 yillarga bag’ishlangan ikkinchi dastur yosh avlodning musiqiy tarbiyasini eng quyi pog’onalardan boshlash va uning sifat darajasini yuqoriga ko’tarishga qaratildi.

pdf
Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.