Abstract
O'quvchilar harakat aktivligi darajasini o'rganish maqsadida Farg'ona vodiysi umumiy ta'lim maktablarida o'tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarni ko'rsatishicha, o'quvchilar sutkaning 24 soatidan 9-10 soatini uyquga, 4-7 soatini maktab partasida o'tirish (o'qish uchun), 2-3 soatini uyda dars tayyorlash, 2-2,5 soatini uydagi ishlarga sarflar ekanlar. Qolgan taxminan 4-5 soat vaqtini televizor, kompyuter, bekorchilikga sarflab vaqtni o'zlarining xohishlariga ko'ra o'tkazishlari ma'lum bo'ldi. Bunday "bebaho boylikni" – ya'ni, vaqtni o'zi xohlagan ish bilan shug'ullanishga sarflash va undan unumli foydalanish "harakat faolligi", "harakatlari me'yori", o'zining organizmi uchun "optimal harakatlanishning hajmi, miqdori"ni tanlay olish degan STT jismoniy madaniyati bilimlari va uning darajasi bilan bog'liq va ularni foydasini tushunishga borib taqaladi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.