MAKTAB YOSHIDAGILAR HARAKAT AKTIVLIGI (FAOLLIGI)NING ME'YORI

Authors

  • Yuldashev Ma'mirjon katta o'qituvchi
  • Xaydarov Saminjon -kurs magistr Farg'ona Davlat universiteti

Keywords:

jismoniy madaniyat, harakatlar me’yori, gipodinamiya, ruhiy passivlik

Abstract

O'quvchilar harakat aktivligi darajasini o'rganish maqsadida Farg'ona vodiysi umumiy ta'lim maktablarida o'tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarni ko'rsatishicha, o'quvchilar sutkaning 24 soatidan 9-10 soatini uyquga, 4-7 soatini maktab partasida o'tirish (o'qish uchun), 2-3 soatini uyda dars tayyorlash, 2-2,5 soatini uydagi ishlarga sarflar ekanlar. Qolgan taxminan 4-5 soat vaqtini televizor, kompyuter, bekorchilikga sarflab vaqtni o'zlarining xohishlariga ko'ra o'tkazishlari ma'lum bo'ldi. Bunday "bebaho boylikni" – ya'ni, vaqtni o'zi xohlagan ish bilan shug'ullanishga sarflash va undan unumli foydalanish "harakat faolligi", "harakatlari me'yori", o'zining organizmi uchun "optimal harakatlanishning hajmi, miqdori"ni tanlay olish degan STT jismoniy madaniyati bilimlari va uning darajasi bilan bog'liq va ularni foydasini tushunishga borib taqaladi.

Downloads

Published

2022-05-20

Issue

Section

Articles

How to Cite

MAKTAB YOSHIDAGILAR HARAKAT AKTIVLIGI (FAOLLIGI)NING ME’YORI. (2022). Conferencea , 75-78. https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/347