NORMA IJODKORLIGI JARAYONINI AXBOROT BILAN TA’MINLASH TUSHUNCHASI
Keywords:
axborot, norma ijodkorligi, norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlashAbstract
Mazkur maqolada norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash tushunchasi, mohiyati hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Norma ijodkorligi jarayonida foydalaniladigan axborot, norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash tushunchalariga berilgan ilmiy qarashlar o‘rganilgan holda milliy qonunchilikda axborotga qo‘yilgan talablarini ishlab chiqish masalasi muhokama etiladi. Shuningdek, norma ijodkorligi jarayonining shakli, turi va bosqichlaridan qat’i nazar barcha turdagi axborotlar dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, normativ-huquqiy hujjatlarning hayotchanligi, barqarorligi, tartibga solish ta’siri samaradorligini belgilashda alohida e’tiborga loyiqligi tadqiq etiladi. Axborot ta’minoti normativ tartibga solishda muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmining oqilona, samarador va normativ-huquqiy hujjatlarning keng jamoatchilik tomonidan qanday kutib olinishiga ham ta’sir o‘tkazishi e’tirof etiladi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.