HUSNBUZAR KASALLIGINI DAVOLASHDA RETIN-A DORI VOSITASI BILAN RUX PREPARATINING BIRGA QO’LLASHDAGI SAMARADORLIK
Abstract
Husnbuzar kasalligi asosan soch follikulalarning mexanik zararlanishi va normadan ortiq yog’ bezlarining sekretsiyalanishi oqibatida paydo bo’luvchi kasallikdir. Husnbuzar kasalligi papula va pustula ko’rinishidagi toshmalarning yuz, ko`krak, bel qismlarda toshishi bilan xarakterlanadi. Husnbuzar kasalligi ikki ko`rinishda bo’ladi yallig’lanuvchi va yallig’lanmaydigan. Yallig’lanmaydigan o’choqlar ochiq komedon ( qora nuqtalar) va yopiq komedon (oq husnbuzar ) lar ko’rinishida. “Retin –A” dori vositasi komedonlar va teridagi soch xaltasi og’izlarning bekilib qolishini oldini oladigan vositalardan biridir. Retinioidlarning ikkinchi avlodiga kiruvchi bu vositaning 0,025-0,01% malhami yog’li yuzlarga qo’l keladi. 0,1; 0,05; 0,025 % li malhamlari esa quruq yuzlarda qo`llash yaxshi natija beradi. Malhamning 0,04-0,1% lisi “Retin-A” mikro ko’rinishida bo’lib, terini kam ta’sirlash xususiyatiga ega .
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.